AsosiyJamiyat

Buxoroning tarixiy markazida bepul Wi-Fi tarmog`i yo`lga qo`yiladi

'Buxoroning tarixiy markazida bepul Wi-Fi tarmog`i yo`lga qo`yiladi  'ning rasmi

Buxoroning butun tarixiy qismi bepul Wi-Fi tarmog`i bilan qoplanadi, deb xabar qildi Turizmni rivojlantirish davlat qo`mitasi matbuot xizmati.

Xabarda aytilishicha, Buxoroning turistik markazida infratuzilmani yaxshilashga o`z hissasini qo`shishga tayyor sarmoyachilar va Turizmni rivojlantirish davlat qo`mitasi sa`y-harakatlari bilan bu loyihani amalga oshirish ishlariga start berildi.

Internet tarmog`iga ulanish sifat talablariga javob berishi va foydalanuvchilar shaxsining majburiy identifikasiyasi bilan amalga oshirilishi kerak.

Eslatib o`tamiz, O`zbekiston prezidentining 2018 yil 3 fevralidagi "O`zbekiston Respublikasining turistik salohiyatini rivojlantirish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish bo`yicha qo`shimcha tashkiliy chora-tadbirlar to`g`risida"gi qaroriga muvofiq, jamoatchilik joylarida internetga bepul kirish zonalarini yaratadigan operatorlar, provayderlar va boshqa xo`jalik sub`ektlari Wi-Fi taqdim etiluvchi hududda reklama bannerini bepul o`rnatish imkoniga ega bo`lishdi.

    Boshqa yangiliklar