1

Xitoyda lift uchun pul to`lash talab etilmoqda

Dunyo 21.02.2018, 15:08
Xitoyda lift uchun pul to`lash talab etilmoqda

Xitoyning Pekin shahridagi ba`zi bir ko`p qavatli uylarda lift uchun pul to`lash talab etilmoqda, deb xabar berdi lenta.ru nashri.

Shaharning janubiy qismida ilgari faqat zinapoya bo`lgan binolarga yangi pullik lift o`rnatildi. To`lov yangi texnologiya asosida jamoatchilik transportidagi kabi amalga oshiriladi. Liftda to`lovni amalga oshirish uchun validatorga elektron chipta solinadi va 0,2 yuan echib olinadi.

Aholining ma`lum qismi yangilikni yaxshi qarshi oldi. 60 yoshli Yan Guysyanning so`zlariga qaraganda, endi ular zinapoya orqali og`ir sumkalarni ko`tarib yurishmaydi.

Ijtimoiy tarmoqlarda esa bunday “yangilik”dan foydalanuvchilarning ensasi qotmoqda. “0,2 yuan juda katta pul bo`lmasa-da, har kuni pul to`layvergandan so`ng oqibatda odamlar yana zinapoya orqali piyoda yuqoriga ko`tarilishga majbur bo`lishadi”, deb yozdi ulardan biri.

Beijing News nashrining hisob-kitob qilishicha, ko`p qavatli uyda yashovchi aholi o`rta hisobda lift uchun oyiga 100 yuandan to`lashlariga to`g`ri keladi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1