1

Hamkasbining pechenesini eb qo`ygan polisiyachining ustidan jinoiy ish qo`zg`atildi

Dunyo 21.02.2018, 19:06
Hamkasbining pechenesini eb qo`ygan polisiyachining ustidan jinoiy ish qo`zg`atildi

Britaniyalik polisiyachi hamkasbidan so`roqsiz ravishda bir quti pechenesini eb qo`yganligi uchun tergov qilinmoqda, deb xabar berdi lenta.ru nashri.

Tergov bergan ma`lumotga ko`ra, London polisiyasi konstebli Tomas Xuper 2016 yilning may oyida hamkasbining shkafidan bir quti pecheneni olgan. Biroq keyin shirinlikni eb qo`yganini tan olmagan. “Bu erda gap yo`qolgan narsaning qimmat-arzonligida emas, balki birovning xususiy mulkini noqonuniy ravishda o`zlashtirganlikda”, dedi sudda advokat Charlz Aptorp.

Sudda bu ish polisiyachiga xos emasligi haqida so`z yuritildi. Bundan tashqari Xuper xizmat mashinasidan noqonuniy foydalanib, tezlikni oshirganlikda ham ayblanmoqda. Ammo Xuper mazkur ayblarni tan olmadi. Uning so`zlariga qaraganda mashinada ruhiy nosog`lom odamni olib ketayotganligi uchun tezlikni oshirgan.

Qoralovchilar kattami-kichikmi, o`g`irlik bu o`g`irlik, degan qarorga keldi. Tergov hamon davom etmoqda. Hozircha polisiyachiga nisbatan qanday chora ko`rilgani haqida ma`lumot berilmagan.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1