Ijtimoiy tarmoqlarda Rebeka Batler ismli qizning posti turli munozaralarga sabab bo`ldi, deb xabar berdi lenta.ru nashri.
Qiz vanna qabul qilganda solinadigan maxsus vositadan foydalangandan keyin uning terisi ko`k rangga kirdi.
“Vannaga tushib, besh daqiqa yotganimdan keyin men smurfga aylandim. Mazkur vosita terimni ko`kartirib yubordi. Bunday sifatsiz mahsulotlarni xarid qilishdan ehtiyot bo`ling!”, deb yozdi Rebeka o`zining Tvitter sahifasida.
Qizning ijtimoiy tarmoqlarga joylashtirgan suratlaridan uning faqat yuzi ko`karmaganligini ko`rish mumkin. Mazkur suratlar bir necha kun ichida 40 mingta retvit va 150 mingta layk to`pladi. Ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari qizni mashhur filmlar va teleseriallardagi “ko`k” rangli personajlarga qiyoslashdi.






