1

Nukuslik tadbirkor-ixtirochi chiqindi matolardan suyuq gulqog`oz ishlab chiqarmoqda

Jamiyat 22.02.2018, 12:18
Nukuslik tadbirkor-ixtirochi chiqindi matolardan suyuq gulqog`oz ishlab chiqarmoqda

Nukus shahridagi ko`p qavatli uylar yo`laklariga suyuq gulqog`ozdan ishlangan suratlar ko`pchilikning e`tiborini tortmoqda.

Turli innovasion g`oyalari bilan e`tiborga tushayotgan nukuslik tadbirkor-ixtirochi Rashid Qartbaev endi chiqindi matolardan ham samarali foydalanish yo`lini topdi. Uning korxonasida aynan ko`p qavatli uylar yo`laklari uchun ishlatiladigan suyuq gulqog`oz tayyorlanmoqda.

3 (1).jpg

Chiqindilarga ikkinchi hayot berish g`oyasi bilan yashayotgan R.Qartbaev korxonasi homiyligi hisobidan Nukus shahridagi “Temir yo`l” mahalla fuqarolar yig`ini hududidagi 22-kichik tuman 1.D uyning kirish yo`laklarini yangi ixtirosini qo`llagan holda, ta`mirdan chiqardi.

Muhimi, suyuq gulqog`ozlar bilan kirish yo`laklarini ta`mirlash ko`p qavatli uyda yashovchi aholi uchun ma`qul kelib, ancha arzonga tushmoqda.

14.png

«Oydin yo`l kommunal» shirkati raisi B.Berdiboevaning ta`kidlashicha, ko`p qavatli uylarning har bir pod`ezdi uchun 7 million so`m atrofida xarajat qilingan bo`lsa, suyuq gulqog`oz bilan ta`mirdan chiqarilgan yo`laklar uchun har biriga atigi 3 million 200 ming so`m kifoya qilgan.

10.png

– Hozir chiqindi deb tashlangan deyarli barcha narsalarga ikkinchi hayot bermoqdaman, – deydi tadbirkor Rashid Qartbaev. – Bu chiqindi matolar maxsus dastgohlarda maydalanadi va unga rang beriladi. Mahsulotimiz narxi arzon va sifatli bo`lgani bois bozori chaqqon. Eng asosiysi, atrof-muhit musaffoligiga hissa qo`shyapman.

Oldingi maqolalarimizda tadbirkorning polietilen chiqindilardan tomyopgich, bruschatka, quvur va boshqa narsalar ishlab chiqarayotgani, yaproqdan uy qurayotgani, parranda uchun tashlandiq suyaklardan un ishlab chiqarayotgani, 7 sotix erdan 70 tonna tarvuz etishtirish uchun tayyorgarlik ko`rayotgani haqida yozgan edik.

Shu o`rinda aytish kerakki, ixtirochi-tadbirkor Rashid Qartbaev chiqindilardan o`tgan yili 1 milliard 200 million so`m daromad ko`rgan.


Esimxon Qanaatov,

Qoraqalpog`iston axborot agentligi direktori


Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1