AsosiyJamiyat

Orol dengizi bo`yida ikkita turistik kompleks tashkil qilindi

'Orol dengizi bo`yida ikkita turistik kompleks tashkil qilindi'ning rasmi

2017 yilda Orol dengizi bo`yida ikkita turistik kompleks tashkil qilindi. Bu haqda Turizmni rivojlantirish davlat qo`mitasining Qoraqalpog`iston Respublikasi hududiy boshqarmasi boshlig`i Bayram Kusekeev ma`lum qilgan.

Birinchi turistik kompleks Qoraqalpog`iston Respublikasi Mo`ynoq tumanidagi Aq tumsiq manzilida “Tazabay Grand Service” MChJ tomonidan tashkil qilingan.

Shuningdek, shu joyning o`zida – Orol dengizi sohilida “Muinok tour” MChJ tomonidan ikkinchi turistik baza ochilgan.

Tashkilotlar tomonidan sayyohlarga dam olish, ovqatlanish va transport xizmatlari ko`rsatib kelinmoqda.

Turistik komplekslar O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 18 yanvardagi “2017-2021 yillarda Orolbo`yi mintaqasini rivojlantirish davlat dasturi to`g`risida”gi qaroriga muvofiq tashkil etilgan.

    Boshqa yangiliklar