1

Iroqda 16 nafar turkiyalik ayol terrorchilar bilan aloqadorlikda ayblanib, o`lim jazosiga hukm qilindi

Dunyo 26.02.2018, 12:13
Iroqda 16 nafar turkiyalik ayol terrorchilar bilan aloqadorlikda ayblanib, o`lim jazosiga hukm qilindi

Iroq markaziy jinoiy sudi Turkiya fuqarolari bo`lgan 16 nafar ayollarni “Islom davlati”terrorchilik tashkiloti bilan aloqadorlikda ayblab, o`lim jazosiga hukm qildi, deb xabar berdi Ria.ru nashri.

Iroq oliy sudi kengashi vakili Abdul Sattor Birkadarning ma`lumot berishicha, “ayblanuvchilar tergov jarayonida terrorchilarga turmushga chiqish va ularga yordam berish uchun Iroq hududiga kirib kelishganini tan olishgan”.

Ilgari ham Bog`dod sudi yana bir turkiyalik ayolni terrorchilar bilan aloqada ayblab, o`lim jazosiga hukm qilgan edi. Bundan tashqari, yana turmush o`rtoqlari Iroqdagi janglarda halok bo`lgan 20 yoshdan 50 yoshgacha bo`lgan 10 nafar turk ayollari turli muddatga ozodlikdan mahrum etilgan. Ular uzoq vaqtlar davomida terrorchilar nazorati ostida bo`lgan Mosul va Tel-Afare shaharlarida qo`lga olingan.




Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1