AsosiyJinoyat

Rossiyaga 44 tonna nosvoy olib o`tmoqchi bo`lgan O`zbekiston fuqarosi ustidan sud hukmi o`qildi

'Rossiyaga 44 tonna nosvoy olib o`tmoqchi bo`lgan O`zbekiston fuqarosi ustidan sud hukmi o`qildi  'ning rasmi

Rossiyaning Orenburg viloyati Akubulak tumanida davlat chegarasidan 44 tonna nosvoyni noqonuniy olib o`tmoqchi bo`lgan O`zbekiston fuqarosi ustidan sud hukmi o`qildi, deb xabar qilmoqda Rossiya prokuraturasi matbuot xizmati.

Sudda xabar berilishiga ko`ra, 2016 yilning iyul oyida O`zbekiston fuqarosi bir necha kishilar bilan birgalikda Rossiya Federasiyasi hududiga Qozog`iston orqali 44 tonnadan ortiq nosvoy olib kirish vaqti qo`lga olingan.

Rossiya qonunchiligiga ko`ra, ushbu turdagi mahsulotni, inson sog`lig`i uchun xavfli bo`lgani tufayli, Rossiya hududida sotish, tashib o`tish ta`qiqlangan.

O`zbekiston fuqarosiga nisbatan Rossiya JKning 30, moddasining 3 qismi, 238 modddasining 2 qismiga binoan jinoiy ish qo`zg`atilgan. (Bir guruh shaxslar tomonidan aholi sog`lig`iga zarar keltiruvchi mahsulot tashib o`tkazishga urinish)

Ushbu noqonuniy faoliyati uchun jinoyatchiga 1 yil qamoq jazosi, va 100 ming rubl jarima solindi. Undan tashqari jinoyatchi, aholi sog`lig`iga zarar etkazuvchi mahsulotni aniqlash, va yo`q qilish bo`yicha 250 ming rubl davlat xarajatlarini qoplashi kerak bo`ladi.

    Boshqa yangiliklar