1

«Bahor biz tomonlarga ham mo`ralasin»

Mutolaa 06.03.2018, 12:27
«Bahor biz tomonlarga ham mo`ralasin»

«…Havasim sengadir. Shodlik ortmoqda,

Sarg`aygan qor kabi erib ketar dard.

Mening yuragimdan fevral o`tmoqda,

Sening yuragingga kirib bordi mart»


Internet orqali o`qiganim Eshqobil Shukurning she`ri xayolimdan ketmayapti. Qo`shig`ini ham eshitib ko`rdim. Sevgi faslining kelishi cho`ziladigan sovuq o`lkalarda ayniqsa, uydan uzoqda yurgan mendek talaba bahorni orziqib kutarkan. Axir keyin saraton, yozning oxiriga borib esa ta`til! Uy tomon uchaman...

«Hovlida sumalak qaynatayapmiz...» — unashtirlgan qizim xabar yozib jo`natibdi.

«Hali bizda bahor ham boshlanmadi-ku!»

«Bizda esa fevral oxirlamay kirib keldi».

Uning javobini o`qidim-u, taqvimga qaradim. 28 fevral! Keyin menga juda yoqqan qo`shiqni hirgoyi qildim-da, ovozli xabar jo`natdim. «Bahor biz tomonlarga ham mo`ralasin», deya yozib µam yubordim.

O`n kunlar o`tib, bu o`lka odamlari uchun hech ajablanarli bo`lmagan, men uchun bemavrid yoqqan qorni g`achur-g`uchir bosib uyga kelsam, pochta qutimizda xat. Hayron qoldim, shunday texnika rivojlangan zamonda-ya. Qarasam, bizning tumanning manzili. Ko`chaning nomi ham tanish — «Navro`z». Ostonadayoq konvertni ochdim-u qog`oz ichidagi boychechak ko`zimni yashnatdi. Va nihoyat mening kulbamga ham ko`klam keldi — «Yana bahor, yana muhabbat!»

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1