Qashqadaryoda bedarak yo`qolgan o`smir o`lik holda topildi

Jinoyat 09.03.2018, 14:47
Qashqadaryoda bedarak yo`qolgan o`smir o`lik holda topildi

Qashqadaryo viloyatining Kasbi tumani Qamashi qishlog`i hududidan oqib o`tuvchi kanaldan 17 yoshli H.Qarshibekovning jasadi topildi, deb xabar qiladi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi.

Ma`lum bo`lishicha, Qamashi qishlog`ida yashovchi, 15-sonli o`rta maktabning 10-sinf o`quvchisi H.Qarshibekov uyidan qo`ylarini boqish maqsadida chiqib ketib, bedarak yo`qolgan.

Olib borilgan qidiruv ishlari natijasida qishloq hududidan oqib o`tuvchi “Mirishkor” kanalidan H.Qarshibekovning bosh qismidagi jarohati bilan jasadi topilgan.

Ko`rilgan choralar natijasida ushbu jinoyatni Qamashi qishlog`ida yashovchi 28 yoshli B.Shodmonov o`zaro janjal oqibatida sodir etganligi aniqlanib, qo`lga olingan.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1