AsosiyJamiyat

5 davlat tranzit uchun yagona ruhsatnoma joriy etadi

O‘zbekiston, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Ozarbayjon va Ukraina yuk tashishda yagona tranzit ruxsatnoma tizimini joriy etishga kelishdi.

'5 davlat tranzit uchun yagona ruhsatnoma joriy etadi'ning rasmi

Tegishli hukumatlararo bitim 15 may kuni Ostona shahrida bo‘lib o‘tgan TRASECA Hukumatlararo komissiyasi yig‘ilishida imzolangan. Unga ko‘ra, beshta davlat hududida yagona tranzit ruxsatnoma blanki joriy etiladi.

Yangi tartibga ko‘ra, besh davlat hududi bo‘ylab yuk tashuvchilar uchun yagona blank orqali tranzit harakati yo‘lga qo‘yiladi. Bu ortiqcha hujjatlarni qisqartirib, chegaralardagi ma’muriy to‘siqlarni yengillashtirishi kutilmoqda.

Yig‘ilish doirasida TRASEKA tashkiloti bosh kotibi lavozimiga O‘zbekiston transport vaziri o‘rinbosari Jasurbek Choriev saylandi.

Shuningdek, O‘zbekiston tomoni transport tizimlarini raqamlashtirish, “qog‘ozsiz tranzit”ni joriy etish hamda xalqaro standartlarga mos normativ-huquqiy bazani takomillashtirish bo‘yicha takliflar ilgari surdi.

    Boshqa yangiliklar