1

Zargarlik do`konidan 42 millionga yaqin tilla taqinchoqlar olib ketildi

Jinoyat 14.03.2018, 07:29
Zargarlik do`konidan 42 millionga yaqin tilla taqinchoqlar olib ketildi

“Chorsu” bozoridagi “Gold” zargarlik mahsulotlari do`koniga kirgan xaridorlardan biri sotuvchiga taqinchoqlarni sotib olish emas, balki “sotib berish” taklifini bildiradi. Sotuvchi D.G`ulomovaning ishonchiga kirishga muvaffaq bo`lgan U.Rahmatullaeva undan umumiy qiymati 41 million 573 ming so`mlik turli xildagi zargarlik buyumlarini olib ketadi.

Toshkent viloyati Yangiyo`l tumani A.Temur ko`chasi 52-uyda yashovchi, 1992 yilda tug`ilgan U.Rahmatullaevaning asl maqsadi zargarlik buyumlarini firibgarlik yo`li bilan qo`lga kiritib, ularni o`z ehtiyoji uchun ishlatish bo`lgan.

IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi xabariga ko`ra, mazkur holat yuzasidan U.Rahmatullaevaga nisbatan jinoyat ishi qo`zg`atilgan.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1