1

Kattaqo`rg`onda uka akasini bolta bilan urib, yangasini o`ldirdi

Jinoyat 16.03.2018, 09:38
Kattaqo`rg`onda uka akasini bolta bilan urib, yangasini o`ldirdi

Samarqand viloyatining Kattaqo`rg`on tumanida mudhish voqea yuz berdi. O`zaro oilaviy janjal oqibatida uka akasini bolta bilan urib, yangasini o`ldirdi.

14 mart kuni soat 15.30larda Kumushtola ko`chasi 13-uyda yashovchi, 1972 yilda tug`ilgan B.Sh. uyida o`zaro janjal oqibatida akasi, 1959 yilda tug`ilgan A.Sh.ning bosh va qorin qismlariga bolta bilan urib jarohat etkazib, shu erda bo`lgan A.Sh.ning turmush o`rtog`i, 1962 yilda tug`ilgan M.Sh.ning ham bo`yin qismiga bolta va ko`krak qismiga pichoq bilan urib jarohat etkazgan.

Bu haqda IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi xabar bermoqda.

Natijada M.Shukurova voqea joyida vafot etgan. A.Shukurov kasalxonaga yotqizilgan.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1