AsosiyJinoyat

Muqaddam sudlangan aka o`z singlisini o`ldirdi

'Muqaddam sudlangan aka o`z singlisini o`ldirdi'ning rasmi

Toshkent viloyatining Chirchiq shahrida 16 mart kuni soat 12.00 larda muqaddam sudlangan aka o`z singlisini o`ldirdi. Bu haqda IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi xabar berdi.

9-mikrorayon 14-uy 25-xonada yashovchi, muqaddam sudlangan, 1981 yilda tug`ilgan I.Shturbabin uyida o`zaro janjal oqibatida birga yashagan singlisi, E.Yunusovaning tanasini turli joylariga urib-tepib jarohat etkazgan.

Natijada E.Yunusova kasalxonaga yotqizilgan va ko`rsatilgan tibbiy muolajalarga qaramay vafot etgan. I.Shturbabin qo`lga olingan.

    Boshqa yangiliklar