Avstraliyaning “Skyscanner” axborot portali ekspertlari “Instagram” ijtimoiy tarmog`idan foydalanuvchilar uchun sayyoramizning eng go`zal joylari reytingini tuzib chiqdi, deb yozadi "Xalq so`zi" nashri.
Er yuzidagi 15 ta eng ajoyib shahar kiritilgan ro`yxatning oltinchi pog`onasidan o`zining tarixiy durdonalari bilan dunyoga tanilgan ko`hna va hamisha navqiron Samarqand shahri ham o`rin oldi.
Mutaxassislarning aytishicha, ular fotosuratlar olish uchun juda ham mos hamda unutilmas taassurotlar hadya etadi.
Quyida mazkur reyting bilan to`liq tanishib chiqishingiz mumkin:
1. Reykyavik, Islandiya;
2. Kvinstaun, Yangi Zelandiya;
3. Skay oroli, Shotlandiya;
4. Baykal ko`li, Rossiya;
5. Annapurna, Nepal;
6. Samarqand, O`zbekiston;
7. Giza va Luksor, Misr;
8. Yelloustoun milliy parki, AQSh;
9. Langkavi, Malayziya;
10. Machu-Pikchu, Peru;
11. Kioto, Yaponiya;
12. Guylin, Xitoy;
13. Nandi, Fiji;
14. Uluru, Avstraliya;
15. Kilimanjaro, Tanzaniya.