Xonadonda uy hayvonlarining saqlanishi bolalarning intellektual salohiyatiga ijobiy ta`sir etadi, deya yozmoqda Segodnya nashri.
Uy hayvonlari parvarish qilinadigan oilada ulg`ayotgan bolakay tengdoshlariga nisbatan aqlliroq bo`lar ekan. Britaniya sosiolog olimlari shunday fikrga kelishdi. Ular mingdan ziyod bolalar o`rtasida tadqiqot olib borishgan.
Masalan, uyda it boqilsa, 86 foiz, agar mushuk boqilsa, 80 foiz bolalar uyga berilgan vazifalarni a`lo darajada bajarishar ekan.
Qolaversa, uy hayvonlari bolalar o`zlarini xotirjam sezishlariga ham ta`sir etar ekan.







