AsosiyJamiyat

Qozog`istonda YTH sodir bo`ldi: 2 nafar o`zbekistonlik vafot etgan (foto)

'Qozog`istonda YTH sodir bo`ldi: 2 nafar o`zbekistonlik vafot etgan (foto)'ning rasmi

Qozog`iston Respublikasi IIV Favqulodda vaziyatlar qo`mitasidan olingan ma`lumotga ko`ra, joriy yilning 2 may kuni soat 02:39 larda Qozog`iston Respublikasi G`arbiy-Qozog`iston viloyati, Akjaik tumani, "Lbiensk" qishlog`i hududidan o`tuvchi «Uralsk - Atirau» avtomobil yo`lida harakatlanayotgan «MAN» rusumli yuk avtomobili bilan «Setra» rusumli avtobus (avtobusda yo`lovchilar bo`lmagan) to`qnashgan.

Sodir bo`lgan yo`l transport hodisasi natijasida, 2 nafar O`zbekiston Respublikasi fuqarolari vafot etgan:

1. Nematov Olim, 1978 y.t. («MAN» rusumli, yuk avtomobil haydovchisi, yashagan manzili: Buxoro viloyati, G`ijduvon tumani, Furqat ko`chasi, 22-uy).

2. Gafurov Farid, 1975 y.t. («Setra» rusumli avtobus haydovchisi, birlamchi ma`lumotga ko`ra, Samarqand viloyati, Samarqand shahrida yashagan).

O`zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar va Ichki ishlar vazirliklari tomonidan vafot etgan fuqarolar bo`yicha ma`lumot ularning yaqin qarindoshlariga etkazildi.

Shuningdek, O`zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar va Ichki ishlar vazirliklari O`zbekiston Respublikasining Qozog`iston Respublikasidagi elchixonasi bilan birgalikda vafot etganlarning jasadlarini O`zbekiston Respublikasiga olib kelish bo`yicha tashkiliy tadbirlar rejalashtirilmoqda.

    Boshqa yangiliklar