AsosiyJamiyat

Bir qator jurnalistlar “Oltin qalam” XIII Milliy mukofoti bilan taqdirlandilar

'Bir qator jurnalistlar “Oltin qalam” XIII Milliy mukofoti bilan taqdirlandilar'ning rasmi

Kecha, 3 may kuni poytaxtimizdagi “Turkiston” saroyida jurnalistika sohasida eng yuksak mukofot – “Oltin qalam” XIII Milliy mukofoti uchun xalqaro tanlov g`olib va sovrindorlarini taqdirlashga bag`ishlangan tantanali marosim bo`lib o`tayotgani haqida xabar bergan edik.

Tadbirda bir qator ijodkorlar mukofotlandi. Jurnalistika sohasida “Oltin qalam” XIII Milliy mukofoti g`olib va sovrindorlari:

Asosiy mukofotlar:

Eng yaxshi jurnalistik material uchun milliy mukofot (televidenie):


1-o`rin:

Nazira Mambetsharipova – “O‘zbekiston – 24” telekanali bo`lim mudiri

Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy, madaniy islohotlar jarayoni, keng ko`lamli bunyodkorlik ishlari yoritilgan materiallari uchun

2-o`rin:

Nasriddin Asriddinov – “Milliy” telekanali bosh muharriri

Xalqimizning boy madaniy-ma`naviy merosini asrab-avaylash va yanada boyitish, milliy urf-odatlar va qadriyatlarimizni aholi o`rtasida targ`ib etishga bag`ishlangan ko`rsatuvlari uchun

3-o`rin:

Murodbek Otajonov – Xorazm viloyati teleradiokompaniyasi xodimi

Mamlakatning intellektual va texnologik salohiyatini oshirish, innovasiyani rivojlantirishning zamonaviy infratuzilmasini shakllantirish borasida olib borilayotgan chora-tadbirlar haqidagi ko`rsatuvlari uchun

Eng yaxshi jurnalistik material uchun (radio):

1-o`rin:

Uljamol Xonnaeva – "Yoshlar" teleradiokanali sharhlovchisi

Yuksak ma`naviyatli, mustaqil fikrli, keng dunyoqarashli yoshlarni voyaga etkazish yo`lida amalga oshirilayotgan ishlar haqidagi “Yoshlar studiyasi”, “Nom” va “Xalqona” dasturlari uchun

2-o`rin:

Mohichehra To`laganova – “Mahalla” teleradiokanali DUK “Mahalla” radiokanali muharriri

Tashqi va ichki turizmni rivojlantirish, fuqarolarni mamlakatimizning madaniy-tarixiy merosi hamda tabiiy boyliklari bilan tanishtirish borasidagi eshittirishlari uchun

3-o`rin:

Umrzoq Hamdamov – Jizzax viloyati teleradiokompaniyasi katta muharriri

Viloyatda ijtimoiy, ma`naviy-ma`rifiy sohadagi yangilanishlar, maktabgacha ta`lim tizimini yanada takomillashtirishga qaratilgan materiallari uchun

Eng yaxshi jurnalistik material uchun (matbuot):

1-o`rin:


Zulfiya Mo`minova – Erkin ijodkor

Ma`naviy-ma`rifiy sohalardagi yangilanishlar va muammolar, shuningdek, “Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili” Davlat dasturi ijrosiga oid turkum tahliliy maqolalari uchun

2-o`rin:

Davlatjon Polvonov – “Bag`dod hayoti” gazetasi bosh muharriri

Dolzarb ijtimoiy-ma`naviy mavzular, ayniqsa, hududlarda xalqimiz hayoti, aholining turmush farovonligini oshirishga qaratilgan yangilanishlar jarayoni yoritilgan chiqishlari uchun

3-o`rin:

“Ovozi Samarqand” gazetasi tahririyati – Bosh muharrir Bahodir Rahmonov


Viloyatda barcha sohalarda amalga oshirilayotgan islohotlar jarayoni, millatlararo do`stlik va totuvlik targ`ibotiga qo`shayotgan hissasi uchun

Eng yaxshi jurnalistik material uchun (Internet-jurnalistika):

1-o`rin:


Baxtiyor Nasimov – Daryo.uz internet nashri sharhlovchisi

Qonun ustuvorligi va faol fuqarolik pozisiyalarini shakllantirish, demokratik jarayonlarni o`zida aks ettirgan turkum materiallari uchun

2-o`rin:

Qoraqalpog`iston axborot agentligining kknews.uz veb-sayti – Direktor Esimqan Qanaatov

Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan yangilanishlar jarayoni, ayniqsa, Qoraqalpog`iston Respublikasining tarixi, madaniyati va bugungi kuni haqida internet tarmog`ida e`lon qilingan materiallari uchun

3-o`rin:

Yuriy Chernogaev – Anhor.uz veb-sayti sharhlovchisi

“Tinchlik jarayoni, xavfsizlik sohasida hamkorlik va mintaqaviy sheriklik” mavzuidagi Toshkent xalqaro konferensiyasiga bag`ishlangan materiallari uchun

Rag`batlantiruvchi mukofotlar bo`yicha:

"Eng yaxshi matbuot xizmati" nominasiyasi:

Axborot texnologiyalari va kommunikasiyalarini rivojlantirish vazirligi matbuot xizmati


Matbuot xizmati rahbari – Elbek Dolimov

“Eng yaxshi fotoreportaj uchun” nominasiyasi:

A`lo Abdullaev


O`zbekiston Milliy axborot agentligi – O`zA Fotoaxborot tahririyati fotomuxbiri

“Ommaviy axborot vositalarida kitobxonlik madaniyati targ`ib qilingan eng yaxshi material uchun” nominasiyasi:

“Toshkent” telekanali Ma`rifiy-ko`ngilochar va kinodasturlar bosh muharririyati


Guruh rahbari – Dildora Mardieva

“Chet ellik jurnalistning O`zbekiston haqidagi eng yaxshi materiali uchun” nominasiyasi:

Osman Go`kmen (Turkiya)


“TRT” teleradiokompaniyasining O`zbekistondagi vakolatxonasi rahbari

I l o v a

Milliy hamkorlar ta`sis etgan nominasiyalar

O`zbekiston Kasaba uyushmalari federasiyasi kengashi:

1. «Mehnat munosabatlari yoritilgan eng yaxshi material uchun»: Nargiza Shoislomova, “O‘zbekiston – 24” telekanali muxbiri.


2. «Ijtimoiy sheriklik mavzusi yoritilgan eng yaxshi material uchun»:

Muhabbat To`raboeva, "Ishonch" gazetasining Xorazm viloyati bo`yicha muxbiri.

O`zbekiston Mustaqil bosma OAV va axborot agentliklarini qo`llab-quvvatlash va rivojlantirish jamoat fondi:

1. «Innovasion g`oyalarni targ`ib etgan eng faol jurnalist»:


Aziz Qarshiev, “Kun.uz” yangiliklar veb-sayti jurnalisti.

2. «Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili» Davlat dasturi ijrosini yoritgan eng faol jurnalist»:

Behzod Qobulov, “Ohangaron hayoti” gazetasi bosh muharriri.

Xalqaro hamkorlar ta`sis etgan nominasiyalar YuNESKOning O`zbekistondagi vakolatxonasi:

«Inson huquqlari bo`yicha Konvensiyaning 70 yilligiga bag`ishlangan eng yaxshi material uchun» (ta`lim, madaniyat va ommaviy axborot vositalari sohalari bo`yicha):


Baxtiyor Nasriddinov, O`zMTRK, «Madaniyat va ma`rifat» telekanali muxbiri.

Evropa Ittifoqining O`zbekistondagi delegasiyasi:

1. Nargis Saidalieva, "Jahon" axborot agentligi muxbiri.


2. Dilafruz Qulmatova, “UzReport TV” telekanali boshlovchisi.

3. Ulug`bek Shonazarov, O`zbekiston Milliy axborot agentligi muxbiri.

Project HOPE (YuSAID dasturi) (AQSh):

1. «Sil kasalligining oldini olish va davolash masalalari yoritilgan eng yaxshi material uchun»:


Xulkar Rajabova, «Qashqadaryo yoshlar sporti» gazetasi muxbiri;

Nilufar Utaganova, Qashqadaryo viloyat teleradiokompaniyasi muharriri.

2. «Sil xastaligiga chalingan bemorlarga nisbatan bag`rikenglik» mavzuidagi eng yaxshi material uchun»:

Dilrabo Kuryazova, «Xorazm haqiqati» va «Xorezmskaya pravda» gazetalari muxbiri.

D V V International (Germaniya):

«Shaxs va jamiyat rivojida katta yoshdagilarni o`qitish/boshqa kasbga yo`naltirishning o`rni haqidagi eng yaxshi material uchun» (faqat bosma va onlayn OAV jurnalistlari uchun):


Gulmira Shukurova, “O`zbekistonda chet tillar” elektron portali direktori.

“Mintaqaviy muloqot” xalqaro tashkiloti (Sloveniya):

«Korrupsiyaga qarshi kurash yoritilgan eng yaxshi material uchun»:


1. Anhor.uz veb-sayti jamoasi.

2. Anora Sodiqova, dia.uz veb-sayti bosh muharriri.

AQShning O`zbekistondagi elchixonasi:


«O`zbekiston va AQSh o`rtasidagi aloqalar rivoji haqidagi eng yaxshi material uchun»:


Boris Boboev, erkin ijodkor.

XXRning O`zbekistondagi elchixonasi:


1. “Shanxay hamkorlik tashkiloti doirasidagi samarali hamkorlik yoritilgan eng yaxshi material uchun”:


Barchinoy Jo`raeva (jurnalist) va X.Qudratov (operator) O`zMTRK.

2. “Xitoy va O`zbekiston o`rtasidagi ikki tomonlama munosabatlar rivoji haqidagi eng yaxshi material uchun”:

Olimjon O`sarov, «Keksalik gashti» jurnali bosh muharriri.

3. “Bir makon – bir yo`l” qurilishi yoritilgan eng yaxshi material uchun:

Li Yaoyuan, Szinszi Jibao (Economics daily) gazetasining Toshkentdagi muxbiri.

Turkiya Respublikasining O`zbekistondagi elchixonasi:


1. “O`zbekiston va Turkiya o`rtasidagi munosabatlar haqidagi eng yaxshi material uchun” (poytaxt jurnalistlari uchun):


Qamariddin Shayxov, Qalampir.uz sayti rahbari;

Umid Shermuxamedov, Kun.uz sayti bosh muharriri.

2. “O`zbekiston va Turkiya o`rtasidagi iqtisodiy hamkorlik haqidagi eng yaxshi material uchun” (hududiy jurnalistlar uchun):

Dilmurod Jumaboev, Vodiymedia.uz/“VODIY MEDIA” MChJ direktori.

3. “O`zbekiston va Turkiya o`rtasida turizmni rivojlantirish masalalariga bag`ishlangan eng yaxshi material uchun” (hududiy jurnalistlar uchun):

Munira Abdullaeva, ZO’R TV prodyuseri.

Ozarbayjon Respublikasining O`zbekistondagi elchixonasi huzuridagi Ozarbayjon madaniyat markazi:


1. “O`zbekiston va Ozarbayjon: Buyuk ipak yo`lida qadim zamonlardan bugunga qadar”:


Gulsara Sagatxanova, O`zMTRK «Dunyo Bo‘ylab» telekanali muharriri.


2. «O`zbekiston va Ozarbayjon – ko`p millatli va bag`rikeng mamlakatlar» mavzuidagi eng yaxshi material uchun»:

Nargis Qosimova, O`zDJTU xalqaro jurnalistika fakulteti dosenti, jamoatchi jurnalist.

Evropa Ittifoqining Markaziy Osiyo mintaqaviy ekologiya markazi filiali (RESSA):

“Suv-ekologiya mavzuidagi muammolar va ularning echimlariga bag`ishlangan eng yaxshi materiallar uchun” (iqlim o`zgarishi sharoitida O`zbekistonning shahar va qishloqlarida suvni tejash borasida amalga oshirilayotgan ishlar).


1. Ildar Mudarisov, «Uzbekistan today» axborot agentligi bosh muharriri.

2. Tatyana Petrenko, «Ekonomicheskoe obozrenie» jurnali muxbiri.

3. Qanaatov Esimqan, Qoraqalpog`iston axborot agentligi direktori.

Gyote instituti:

“O`zbekistonning madaniyat sohasidagi siyosati masalalariga bag`ishlangan eng yaxshi material uchun”:


Viloyat Shodibekova, O`zMTRK «Dunyo Bo‘ylab» telekanali muharriri.

Gruziya Respublikasining O`zbekistondagi elchixonasi:

Gulsara Sagatxanova va Mohir Murodov, O`zMTRK «Dunyo Bo‘ylab» telekanali ijodiy guruhi.

    Boshqa yangiliklar