1

Bulung`urda “sevishganlar”ni joylashtirgani uchun mehmonxona xodimi qamaldi

Jinoyat 04.05.2018, 16:32
Bulung`urda “sevishganlar”ni joylashtirgani uchun mehmonxona xodimi qamaldi

Bulung`ur tumanidagi “Mingtepa” mahallasida joylashgan “Western” mehmonxonasida boshqaruvchi bo`lib ishlagan T. B. 2018 yil 16 fevralda mehmonxonaga er-xotin bo`lmagan yigit va qizni joylagani uchun qamaldi.

Ma`lum bo`lishicha, boshqaruvchi “mehmonlar”ning shaxsini tasdiqlovchi pasportlarini olib, ko`zdan kechirgan. Er-xotin emasligini bilgach, “sekingina” suhbat qilgan.

“Montya” va “Rusya” jinsiy aloqa qilish maqsadida kelgani va sharoit yaratib berishini so`rab, pul taklif qiladi.

T. 300 ming so`m pulni olib, ularni xonaga joylashtirgan.

Shu mahal IIB xodimlari kirib kelib boshqaruvchini qo`lga olgan.

T. B.ga nisbatan bir yilu ikki oy muddatga ozodlikdan cheklash jazosi qo`llanildi, deb “Bulung`ur hayoti” gazetasining xabariga tayanib, "Zarafshon" nashri xabar berdi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1