AsosiyJamiyat

Surxondaryo viloyatida turizm sohasini rivojlantirish bo`yicha Hukumat qarori qabul qilindi

'Surxondaryo viloyatida turizm sohasini rivojlantirish bo`yicha Hukumat qarori qabul qilindi'ning rasmi

Surxondaryo viloyatida turizm sohasini rivojlantirish chora-tadbirlari to`g`risidagi Hukumat qarori qabul qilindi. Bu haqda Adliya vazirligining "Huquqiy axborot" kanalida ma`lum qilindi.

Qarorga muvofiq:

- Boysun tumanida Omonxona qishlog`i, Zovboshi tog`li hududi, Darband qishlog`i hududlarini o`z ichiga olgan — Boysun kichik turizm zonasi;

- Sariosiyo va Uzun tumanlarida Xonjiza tog` tizmalari yon bag`irlarida hamda Sariosiyo tumani Sangar dak qishlog`i hududlarida — Sariosiyo kichik turizm zonasini;

- Sherobod tumani Shalqon qishlog`i, Xo`jaikon tuz koni hududlarida hamda hududdagi mevali bog`larni o`z ichiga olgan — Sherobod kichik turizm zonasini tashkil etiladi hamda ularda zamonaviy mehmonxona majmualari, madaniy-sog`lomlashtirish, savdo-ko`ngilochar va turizm ahamiyatiga ega bo`lgan boshqa ob`ektlar quriladi.

    Boshqa yangiliklar