Toshkent shahar hokimligi xalqqa yaqinroq bo`lish va yuzaga kelgan muammolarni samarali hal etish uchun Facebook’da o`z sahifasini ochdi.
Sahifa poytaxt hokimi Jahongir Ortiqxo`jaev tashabbusi bilan tashkil etildi.
Sahifada dolzarb yangiliklar hamda hokimlik oldiga qo`yilgan vazifalar ijrosi haqidagi ma`lumotlar berib borilishi rejaalashtirilgan.






