Xabaringiz bor, avvalroq mikroinsult bilan kasalxonaga tushgan Toshkent shahar va “Minor” masjidi bosh imom-xatibi Anvar qori Tursunov 19 kundan beri koma holatida yottgani haqida xabar bergan edik.
Bugun, 5 may kuni Anvar Qori komadan chiqqan bo`lib, hozir ahvoli ansa yaxshi. Bu haqda shoir Muhammad Ismoil o`zining “Facebook”dagi sahifasida ma`lum qildi:
"YaXShI XUShXABAR! XUDOGA BEHISOB ShUKUR. XUDONING BEHAD MEHRIBONLIGI, MARHAMATI VA MUHABBATI TUFAYLI ANVAR AKAM SOG`AYa BOShLADILAR. SIZLARNING XOLISANILLO DUOLARINGIZ, XUDODAN ANVAR AKAMGA SOG`LIK SALOMATLIK, UZOQ UMR SO`RAGANINGIZ HAM OLLOHNING DARGOHIDA O`Z IJOBATINI TOPDI. SIZLARNING BOShLARINGIZGA OLLOHNING MING MING RAHMAT NURI YoG`ILSIN, AZIZ FBDOSh DO`STLAR! MUHTARAM USTOZIMIZ, ALLOMA ANVAR QORI TURSUN TEZ KUNDA OYoQQA TURIB, YaNA ILMU-MA`RIFAT ZIYoSI BILAN QALBLARIMIZNI MUNAVVAR ETAVERIShLARINI OLLOHDAN SO`RAB QOLAMIZ! UMRINGIZ UZOQ BO`LSIN ANVAR AKA! OMIN, OLLOHU AKBAR!"






