Bugun, 5 may kuni Budapesht shahri meri boshchiligidagi delegasiya Samarqand shahriga tashrif buyurdi. Bu haqda «Zarafshon» nashri xabar berdi.
Viloyat hokimi T.Jo`raev Vengriya poytaxti rahbari Ishtvan Tarloshni qabul qildi.

O`zaro muzokaralar davomida mehmonlarga Samarqandning sayyohlik salohiyati, amalga oshirilayotgan islohotlar haqida ma`lumot berildi. O`Z navbatida mehmonlar Budapesht shahrining geografik joylashuvi, turizm sohasidagi imkoniyatlari haqida so`z yuritishdi.


Ayni paytda delegasiya a`zolari Samarqand shahrining tarixiy yodgorliklari va diqqatga sazovor joylarini ziyorat qilmoqda.






