AsosiyJamiyat

Issiqlik ta`minoti tarmoqlariga ulanish bo`yicha tartib soddalashtirildi

'Issiqlik ta`minoti tarmoqlariga ulanish bo`yicha tartib soddalashtirildi'ning rasmi

Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 31 martdagi qarori bilan Yuridik va jismoniy shaxslarni issiqlik ta`minoti tarmoqlariga ulash bo`yicha davlat xizmatlari ko`rsatishning ma`muriy reglamenti tasdiqlandi. Bu haqda Adliya vazirligining huquqiy gazetasi xabar qildi.

Mazkur Reglament bilan Yuridik va jismoniy shaxslarni issiqlik ta`minoti tarmoqlariga ulash uchun ruxsat berish muddatlari va taqdim etiladigan hujjatlar soni qisqartirildi, davlat xizmatini ko`rsatish jarayonida ishtirok etadigan sub`ektlar o`rtasida o`zaro aloqalarni faqat elektron shaklda axoborot almashinuvi orqali amalga oshirish yo`lga qo`yildi.

Jumladan, issiqlik o`rnatmasi va issiqlik tarmoqlarini ekspluatasiya qilishga ruxsat berish muddati 16 ish kunidan 5 ish kuniga qisqartirildi.

Shuningdek, issiqlik o`rnatmasi va issiqlik tarmoqlarini ekspluatasiya qilishga ruxsat berish uchun taqdim etiladigan hujjatlar soni 15 tadan
5 taga kamaytirildi.

Bundan tashqari, murojaat etuvchilar yuridik va jismoniy shaxslarni issiqlik ta`minoti tarmoqlariga ulash bo`yicha tuman (shahar) davlat xizmati markazlariga o`zi kelgan holda yoki Yagona intreaktiv davlat xizmatlari portali orqali murojaat qilishi mumkin.

    Boshqa yangiliklar