AsosiyJamiyat

Toshkent shahar yangi hokimi “Matbuotchilar uyi” auksionini to`xtatdi

'Toshkent shahar yangi hokimi “Matbuotchilar uyi” auksionini to`xtatdi'ning rasmi

Avvalroq, “Qarzga botirgan boshqalar, “uysiz” qolayotgan jurnalistlar” nomli maqola e`lon qilingan edi.

Maqolada O`zA muxbiri Anora Sodiqova Toshkent shahar hokimiyati “Toshbozorsavdo” uyushmasi uchun olingan kredit uchun garov ta`minoti sifatida “Matbuotchilar uyi” qo`yilganini va oqibatda kredit puli qoplanmay jurnalistlar “uysiz” qolayotgani bayon etgan edi.

Bugun Toshkent shahar hokimi Jahongir Abidovich Ortiqxo`jaev kimoshdi savdosiga qo`yilgan “Matbuotchilar uyi” savdosi to`xtalganini ma`lum qildi. Bu haqda O`zA xabar bermoqda.

    Boshqa yangiliklar