Sobiq ittifoq xalq artisti Vladimir Etush bugun 95 yoshga to`ldi, deb xabar berdi Vesti.ru nashri.
Artistni Rossiya prezidenti Vladimir Putin tug`ilgan kuni bilan tabrikladi. Vladimir Etush yuzdan ortiq rollarni ijro etgan. U o`zi ishlaydigan Vaxtangov teatrida Shekspir, Moler, Bernard Shou, Eduardo de Filippo va Karlo Gossining mashhur "Malika Turandot" pesalarida turli rollarni o`ynagan.
U ilk marotoba 1953 yilda Mixail Romning “Admiral Ushakov” filmida suratga tushgan. Vladimir Etush o`zbek tomoshabinlariga “Kavkaz asirasi”, “Ivan Vasilevich o`z kasbini o`zgartiradi”, “Buratinoning sarguzashtlari” filmlari orqali yaxshi tanish.






