AsosiyDunyo

Afg`onistonda masjid portlatildi

'Afg`onistonda masjid portlatildi'ning rasmi

Afg`onistonning Xost provinsiyasida masjid portlashi oqibatida 13 kishi halok bo`ldi, 34 kishi yaralandi, deb xabar berdi Vesti.ru nashri.

Masjidning portlatilishi provinsiya polisiyasi tomonidan tasdiqlandi. Mazkur masjiddan saylovchilarni ro`yxatga olish markazi sifatida foydalanilgan. Ayni vaqtda polisiya portlash sabablarini o`rganmoqda.

2018 yilning oktyabr oyida Afg`onistonda okrug kengashi va parlamentga saylovlar o`tazish haqida rejalashtirilgan bo`lib, mamlakatda 14 apreldan boshlab, saylovchilar ro`yxatga olina boshlangan edi.

Afg`oniston prezidenti Ashraf G`ani saylovchilarni ro`yxatga olish markazi ochilgandan so`ng tolibonlarning saylovlarda qatnashishiga umid qilib, ularga tinch jarayonga qaytishni taklif qilgan edi. Biroq tolibonlar uning taklifini qabul qilishmadi.

    Boshqa yangiliklar