Angliyaning Devon grafligida joylashgan Sidmut shahridagi plyajga 1930 yilda fransuzlar tomonidan ishlab chiqarilgan engil motorli samolyot dvigateli ishlamay qolganligi sababli qo`nishga majbur bo`ldi, deb xabar berdi Vesti.ru nashri.
Samolyot shturvalini 47 yoshli Zak Roki boshqarayotgandi. U vintajli samolyotlar ko`rgazmasi o`tkazilayotgan Bodmindan Branskomb tomon yo`l olgan edi. Biroq parvoz davomida samolyotning dvigateli ishlamay qoldi.
Shundan keyin Roki samolyotni plyajga qo`ndirishga majbur bo`ldi. Hodisadan hech kim jabrlanmadi. Qirg`oqni qo`riqlash xizmati xodimlari samolyotni xavfsiz joyga qo`ndirishga yordam berishdi. Endi u bo`laklarga bo`lingandan keyin plyajdan olib ketiladi.






