Amerikalik Don Gorske umri davomida 30 mingta burger iste`mol qilib, eng ko`p burger egan inson sifatida rekord o`rnatdi, deb xabar berdi Vesti.ru nashri.
Qamoqxona qo`riqchisi sifatida pensiyaga chiqqan Gorske 30 mingta burger eyishga ahd qilgan edi. U bergan va`dasining ustidan chiqdi. 64 yoshli erkak 1972 yilda ilk marotaba burger ta`mini tatib ko`rgan “Makdonalds” restoranida buni amalga oshirdi.
U har doim haftasiga 14 donadan burger iste`mol qilgan. Ularni oldindan sotib olib, mikroto`lqinli pechda isitib tanovul qilgan. 44 yil mobaynida u restoran bo`ron tufayli yopilganligi sababli atigi 8 kungina sevimli burgerini iste`mol qilmagan.
Gorskening so`zlariga qaraganda muntazam ravishda shifokor ko`rigidan o`tib turgan. Hech qachon qon bosimi ko`tarilmagan, xolesterin miqdori ham me`yorida bo`lgan.






