Italiyalik ayol mushugiga bir yarim million evro meros qoldirdi, deb xabar berdi lenta.ru nashri.
Veronada istiqomat qiluvchi, bir umr Italiya vazirlar mahkamasida ishlagan Chechiliya Anna (Cecilia Anna) 88 yoshida olamdan o`tdi. Uning na turmush o`rtog`i, na farzandlari bo`lmaganligi sababli o`limidan oldin bor boyligini bir paytlar ko`chadan topib olgan, Pilu laqabli mushugiga meros qoldirish haqida vasiyatnoma yozdi.
Piluning boyligiga omonatchilar Fondining vakillari egalik qilishadi. Annaning xohishiga ko`ra, bu pullar mushukka veterinar xizmati ko`rsatish, dabdabali uy bilan ta`minlash va uning barcha zaruriy ehtiyojlarini qondirish uchun sarflanadi.
Ayni vaqtda mushuk Milandagi uy hayvonlari saqlanadigan markazda yashamoqda. Unga yangi xo`jayin qidirilmoqda. Piluning yangi egasi uning boyligiga egalik qila olmaydi, faqatgina sarflangan pullarning hisob-kitobini yuritadi, xolos...
Pilu olamdan o`tgandan keyin bor boyligi hayvonlarni himoya qilish tashkiloti hisobiga o`tkaziladi.






