AsosiyDunyo

Xitoyda 118 ta bolani asrab olgan ayol hibsga olindi

'Xitoyda 118 ta bolani asrab olgan ayol hibsga olindi'ning rasmi

Xitoyning sharqida joylashgan Uan shahri hukumati tomonidan 118 ta bolani asrab olgan ayol bir-necha jinoyatlar sodir etganlikda ayblanib, hibsga olindi. Shuningdek, uning xususiy mehribonlik uyini yopishga qaror qildilar.

Mahalliy OAV xabarlariga ko`ra, ayol 1996 yildan bola asrab olishni boshlagan. 2007 yilda u maxsus “Mehr qishlog`i”ga xususiy mehribonlik uyiga asos solgan.

“Murruvatli” ayol hayriyadan tushgan pullar, byudjetdan va homiylar tarafidan berilgan mablag`lardan o`z maqsadlarida foydalangan.

Bundan tashqari, u ota-onasi bilan uyida yashovchi bolalarni ham etim sifatida rasmiylashtirgan.

Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda. Tergov jarayonida ayolning bir necha ko`chmas mulki va qimmatbaho avtomobillari borligi aniqlangan.

    Boshqa yangiliklar