AsosiyJamiyat

Harbiylarga 250 ta yangi xonadon kalitlari topshirildi

'Harbiylarga 250 ta yangi xonadon kalitlari topshirildi'ning rasmi

6 may kuni Xotira va Qadrlash kuni munosabati bilan Toshkent shahrining Yashnobod tumanida namunali harbiylar va ularning oilalariga 250 ta yangi xonadonlarni tantanali topshirish marosimi bo`lib o`tdi. Bu haqda Toshkent shahar hokimligi matbuot xizmati xabar berdi.

Yangi uylarning kalitlarini shaxsan O`zbekiston Respublikasi mudofaa vaziri Abdusalom Azizov topshirdi.

Yangi harbiy shaharcha yaqin kunlargacha umuman obodonlashtirilmagan hudud bo`lgan. Prezident Shavkat Mirziyoev Yashnobod tumaniga tashrif buyurgan chog`ida ushbu hududni obodonlashtirish va shu erda harbiy shaharcha qurish zarurligi to`g`risida fikr bildirgan edi. Qisqa vaqtda Olmos mahallasida 18 ta 5 qavatli keng va qulay xonalarga ega uylar qurib bitirildi, deyiladi xabarda.

Bundan tashqari, yaqin orada harbiy shaharchada maktab, poliklinika va bolalar bog`chasi kabi ma`muriyat ob`ektlari barpo etiladi.

Zamonaviy harbiy shaharcha qurilishining ikkinchi bosqichi doirasida 900 ta xonadonga mo`ljallangan 30 ta 5 qavatli uylarning qurilishi boshlab yuborildi.

    Boshqa yangiliklar