AsosiyJamiyat

Uchko`priklik onaxon Haj uchun yiqqan puliga mahallasiga suv chiqartirib berdi

'Uchko`priklik onaxon Haj uchun yiqqan puliga mahallasiga suv chiqartirib berdi'ning rasmi

Uchko`prik tumanilik 81 yoshli Zebuniso ona Ahmedova haj ziyorati uchun yillar davomida jamg`argan 50 million so`mdan ortiq mablag`iga o`zi yashayotgan Yangiobod mahallasi aholisi uchun toza ichimlik suvi chiqartirib berdi, deb yozadi "Xalq so`zi" nashri.

O`n bir nafar farzandni voyaga etkazgan onaxondan bugun mahalla ahli juda xursand.

"Dinimiz arkonlariga ko`ra, haj ziyoratiga borgan odamning oilasida ehtiyoji va qarzi yo`q, to`q va to`kin bo`lishi kerak ekan. Mahallam ham mening oilam. Ular qishning sovuq, yozning jazirama kunlarida uch chaqirim naridan suv tashib kelishayotganda, men qanday qilib bemalol haj ziyoratiga boraman. Yosh kelinlarimizning qiynalayotganligini ko`rsam yuragim ezilib ketadi. To`g`risi, buni o`zimga qabul qila olmadim", - deydi Zebuniso aya.

"Yangiobod mahallasida avvallari ta`mirtalab ahvolga kelib qolgan suv tarmoqlari mavjud. Biroq er osti quvurlarining yaroqsiz ahvolga kelib qolishi natijasida suv bosimi juda pasayib ketdi. Zebuniso aya Ahmedovaning tashabbusi bilan yangi quduq kavlanib, mahalladoshlari xonadonlariga zilol suv kirib bordi. Shu bilan birga, hududdagi 49-umumta`lim maktabi, oilaviy poliklinika va 6-maktabgacha ta`lim muassasasi ham barqaror suv ta`minoti bilan ta`minlandi", - deyiladi xabarda.

    Boshqa yangiliklar