AsosiyDunyo

Uganda milliy xiyoboni xodimlari bolani o`ldirgan odamxo`r-qoplonni qidirmoqda

'Uganda milliy xiyoboni xodimlari bolani o`ldirgan odamxo`r-qoplonni qidirmoqda'ning rasmi

Ugandada joylashgan qirolicha Elizaveta milliy xiyoboni xodimlari uch yoshli bolani o`g`irlab, g`ajib tashlagan odamxo`r-qoplonni qidirmoqda, deb xabar berdi RIA novosti nashri.

Uganda tabiatni muhofaza qilish qo`mitasi vakili Bashir Xangining ma`lumot berishicha, fojia bundan bir hafta ilgari ro`y bergan. Halok bo`lgan bola safari uchun mo`ljallangan uyda, enaga qo`liga tashlab ketilgan.

Enaga boshqa ish bilan mashg`ulbo`lganda bola tashqariga chiqqan. Shunda uni qoplon o`g`irlab ketgan.

Bolani topish bo`yicha o`tkazilgan qidiruv ishlari muvaffaqiyatsiz yakunlandi. Ertasi kuni savannadagi daraxt tagidan uning jasadi qoldiqlari topilgan.

Egerlar ayni paytda qoplonni tutishga harakat qilishmoqda. Xangining ta`kidlashicha, odamxo`r qoplon boshqalarga ham xavf tug`dirmasligi uchun yovvoyi tabiat qo`ynidan yo`q qilinishi zarur.

    Boshqa yangiliklar