Bojxona qoidalariga rioya qilmaslikning oqibati fuqaro A.B.ga qimmatga tushdi.
“Farg`ona” chegara bojxona posti xodimlari qo`shni davlatga yo`l olgan ushbu fuqaroni bojxona nazoratidan o`tkazish vaqtida u o`z yonida yashirilgan ashyolar yo`qligini ma`lum qilgandan so`ng xolislar ishtirokida shaxsiy ko`rikdan o`tkazildi.
Natijada, A.B. egnidagi ichki kiyimi ichiga jami 11 886 AQSh dollarini yashirib, noqonuniy ravishda respublika hududidan olib chiqib ketmoqchi bo`lganligi oshkor bo`ldi.
Hozirda ushbu holat yuzasidan tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.






