AsosiyJamiyat

Qonliko`lda "Kitob esdaligi" barpo etildi (foto)

'Qonliko`lda "Kitob esdaligi" barpo etildi (foto)'ning rasmi

Qonliko`l tumani hokimligining tashabbusi bilan yosh jurnalistlar uchun tumanga media-tur tashkil etildi, deb xabar qilmoqda Kruz.uz.

Media-tur doirasida jurnalistlar tuman hokimligining yonida barpo etilgan Kitob esdaligiga tashrif buyurishdi.

Tuman hokimining o`rinbosari Qural Abdikarimov kitob esdaligi haqida ma`lumot berib o`tdi:

«Kitob esdaligining loyihasini rassom Polat Abdireymov ishladi. Bu maydonda o`tgan yili kitob festivalini o`tkazgan edik. Kitobning g`oyasi hokimlik tomonidan ishlab chiqildi. Yaqinda Sirdaryoda ham kitob esdaligini ko`rdim. Bu erda o`quvchilar dam olishlari va kitob o`qishlari mumkin».
Qayd etilishicha, Qoraqalpog`istonda kitob esdaligi hozircha faqat Qonliko`l tumanida bor.


    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar