AsosiyJamiyat

“Yilning eng faol jurnalisti” tanlovi o`tkaziladi

'“Yilning eng faol jurnalisti” tanlovi o`tkaziladi'ning rasmi

O`zbekiston Jurnalistlari ijodiy uyushmasi tomonidan “Yilning eng faol jurnalisti” tanlovi uyushtirilmoqda. Tanlov g`oliblari 27 iyun — Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni arafasida aniqlanadi.

"O`zbekiston Jurnalistlari ijodiy uyushmasi sizlarni “Yilning eng faol jurnalisti” tanlovida qatnashishga taklif etadi. Tanlovga 2017 yilning 1 iyunidan 2018 yilning 1 iyunigacha gazeta va jurnallarda, internet nashrlarida e`lon qilingan materiallar, efirga uzatilgan teleko`rsatuv va radioeshittirishlar qabul qilinadi.

Materiallar tanlovga tahririyatlar tavsiyasi bilan O`zbekiston Jurnalistlari ijodiy uyushmasining Qoraqalpog`iston Respublikasi va viloyatlar bo`limlari orqali joriy yilning 5 iyunigacha muallifning ish joyi, telefoni, manzili haqidagi ma`lumotlar va pasport nusxasi ilova qilingan holda taqdim etilishi lozim.

“Yilning eng faol jurnalisti” tanlovi g`oliblari va sovrindorlariga diplom hamda qimmatbaho sovg`alar Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuniga bag`ishlab 27 iyunda o`tkaziladigan bayram tadbirida topshiriladi.

Materiallar “Yilning eng faol jurnalisti” tanloviga deb ko`rsatilgan holda quyidagi manzilga yuborilishi lozim", - deyilgan xabarda.

100129, Toshkent shahri, Navoiy ko`chasi, 30-uy. Murojaat uchun telefonlar: 244-64-61, 244-37-87.

www.journalist.uz

    Boshqa yangiliklar