AsosiyJamiyat

Maktablarda “Mardlik va jasorat” darslari bo`lib o`tmoqda

'Maktablarda “Mardlik va jasorat” darslari bo`lib o`tmoqda'ning rasmi

2018 yilning 4-8 may kunlari respublikadagi barcha umumta`lim maktablarida “Inson qadri ulug`, xotira muqaddas”, “Mardlik, burch va sadoqat” shiorlari ostida “Mardlik va jasorat” darslari bo`lib o`tmoqda. Bu haqda Xalq ta`limi vazirligining matbuot xizmati xabar berildi.

“Mardlik va jasorat” darslarida ikkinchi jahon urushida mardlarcha halok bo`lganlar, bugungi kunda keksalik gashtini surayotgan sobiq jangchilar, mustaqillik yillarida o`z xizmat burchini bajarish chog`ida halok bo`lgan harbiy xizmatchilar va huquqni muhofaza qilish organlari xodimlarining jasoratlari, ularning vatan tinchligi yo`lida ko`rsatgan qahramonliklari to`g`risida o`quvchilar bilan jonli muloqotlar o`tkazilmoqda.

O`quvchilar Ikkinchi jahon urushi qatnashchilari, front orti mehnat faxriylari, yolg`iz va kam ta`minlangan keksalar hamda mustaqillik yillarida xizmat burchini bajarish chog`ida halok bo`lgan harbiy xizmatchilar va huquqni muhofaza qiluvchi organ xodimlari oilalari holidan xabar olib, ularning uy-ro`zg`or yumushlariga ko`maklashmoqda hamda bayram bilan tabriklashmoqda.

"O`quvchi-yoshlar o`rtasida mehr-oqibat, hamjihatlik, insoniylik, bag`rikenglikni targ`ib qilish, ularda Ona vatan oldidagi burch hissi, sadoqat tuyg`usini shakllantirish maqsadida ta`lim muassasalarida “Xotira va qadrlash kuni” bayramiga bag`ishlab turli ko`rgazmalar, devoriy gazetalar tashkil etilmoqda", - deyilgan xabarda.

    Boshqa yangiliklar