Samarqand shahar hokimi F.Rahimovning farmoyishiga ko`ra, Xotira va qadrlash kuni bayram tadbirlari o`tkazilishi munosabati bilan 2018 yil 9 may kuni soat 6:00 dan 11:00 gacha Samarqand shahrining quyidagi ko`chalarida transport vositalarining harakati vaqtincha cheklanadi:
– Registon ko`chasining Registon maydonidan Amir Temur haykali oldidagi maydongacha bo`lgan qismida;
– Amir Temur haykali oldidagi maydondan viloyat musiqali drama teatriga kirish ko`chasida va Ko`ksaroy maydonida;
– Mirzo Ulug`bek ko`chasining Bo`stonsaroy ko`chasi bilan kesishgan chorrahasidan Ko`ksaroy maydonigacha bo`lgan qismida;
– Bo`stonsaroy ko`chasining Amir Temur ko`chasi bilan kesishgan chorrahasidan Amir Temur haykalining oldidagi maydongacha bo`lgan qismida;
– Universitet xiyoboni ko`chasida;
– G-34 yo`lining universitet xiyobonidan Muqimiy ko`chasi bilan kesishgan chorrahasigacha bo`lgan qismida;
– Mahmud Koshg`ariy ko`chasining Mirzo Ulug`bek ko`chasi bilan kesishgan chorrahasidan Amir Temur ko`chasigacha bo`lgan qismida.






