Fransiya mudofaa vaziri Florans Parli, Suriyada kimyoviy qurol ishlatilgan taqdirda yangi zarbalar yo`llanishi mumkinligini istisno qilmadi.
RTL radiosining efirida vazir kimyoviy qurol ishlatilmasligi uchun unga qarshiqat`iy kurashish zarurligini ta`kidlagan. Uning so`zlariga ko`ra, 14 aprel kuni Suriyaga amalga oshirilgan zarbalarning maqsadi Damashq tomonidan kimyoviy hujumlarning takrorlanishiga yo`l qo`ymaslikdir. "Agar bu yana sodir bo`lsa, navbatdagihavo hujumi haqida qaror qabul qilishimiz mumkin", dedi Parli.
Avvalroq, Fransiya tashqi ishlar vaziri Jan-Iv Le Drian, Suriyaga qarshi havo hujumlarning ikkinchi bosqichi bo`lmasligini qayd etgan edi.
Eslatib o`tamiz, 14 aprel kuni AQSh, Buyuk Britaniya va Fransiya Suriyaga havo hujumini amalga oshirgan edi.






