Toshkent shahrida 2018 yil 10–13 may kunlari sportning erkin, yunon-rum va ayollar kurashi bo`yicha yoshlar va o`smirlar o`rtasida Osiyo chempionati o`tkaziladi. Bu haqda Adliya vazirligining "Huquqiy axborot" kanalida ma`lum qilindi.
Hukumatning 6 maydagi farmoyishiga asosan Chempionatning tashkiliy qo`mitasi tashkil etilib, mutasaddi tashkilotlarga mazkur sport musobaqasini yuqori saviyada o`tkazish bo`yicha tegishli topshiriqlar berildi.
Eslatib o`tamiz, mazkur musobaqa sovrindorlariga 2018 yilda Buenos Ayres shahrida (Argentina) bo`lib o`tadigan yoshlar va o`smirlar o`rtasidagi Olimpiya o`yinlariga yo`llanma taqdim etiladi.






