Afg`onistonlik bir guruh xotin-qizlar, mamlakatdatobora avj olib borayotgan afyunga qarshi kompyuter o`yinini yaratishdi, deb xabar berdi RIA novosti nashri.
Nodavlat kompyuter kurslariga a`zo bo`lgan ayollar tomonidan yaratilgan kompyuter o`yinida, afyun, mina va boshqa giyohvand moddalar berkitigan joylarni aniqlashva ularni yo`q qilish tasvirlangan.
Uni yaratishdan asosiy maqsad esa aynan ushbu illatlarga qarshi kurashishdir. Muallif ayollar ushbu o`yin orqalimazkur muammolar biroz bo`lsa-da, hal bo`lishiga, o`yin yordamida afyun savdosi va uning iste`molchilari soni kamayishiga umid qilishmoqda.
Ushbu markaz 2015 yilda ochilgan bo`lib, bu erdahozirga qadar 20 dan ortiq kompyuter o`yinlari yaratilgan. Markazda15 yoshdan 25 yoshgacha bo`lgan 90 nafar xotin qizlar o`qitiladi.
“Men ushbu markaz haqida eshitganimdan bu erga kelishga qaror qildim. Markazda veb ilovalar, mobil ilovalar, o`yinlar yaratishkabi yo`nalishlar bor. Men esa kompyuter o`yinlari yaratishni tanladim. Sababibu bizning mamlakatimizda hali rivojlanmagan. "Afyunga qarshi kurash " o`yinida mamlakatimizdagi eng katta muammolardan birini ko`rsatishga harakat qildik”, dedi Xatira Muhammadiy.
Ushbu o`yin bir oy davomida yaratildi. Ma`lumot o`rnida shuni aytish mumkinki, mamlakatda giyohvand moddalar etishtirish 2016-2017 yillarda 87 foizga oshgan. O`tgan yilda birgina afyunning o`zidan9000 tonna etishtirilgan.






