Tadqiqotchilar Shotlandiyadagi Skay orolining shimoliy-sharqiy qirg`og`idan 170 million yil oldin yashagan dinozavrlarning o`nlab oyoq izlarini topdilar.
NEW DAILY xabariga ko`ra, izlar o`rta yura davrida yashagan o`lkan yirtqich teropod va zavropodlarga tegishli ekanligi aniqlangan.

Teropod va zavropodlar yirtqich tirannozavrlarga qarindosh bo`lib, teropodlarning balandligi 2 metrgacha, zavropodlar esa 15 metrgacha bo`lgan. Og`irligi 10 tonnani tashkil etgan.

O`rta yura davriga oid topilmalar kamdan-kam uchraganligi bois ushbu kashfiyot muhim global ahamiyatga ega, deb hisoblanmoqda.
Izlar tadqiqotchilarga dinazavrlar haqida aniqroq tasavvurga ega bo`lishga yordam beradi.
200 mln. yil oldin 35 million yil davom etgan trias davri oxirida boshlangan yura davri 56 million yil davom etgan.






