AsosiyJamiyat

120 mingdan ortiq O`zbekiston farzandi jangovar orden va medallarga sazovor bo`lgan

'120 mingdan ortiq O`zbekiston farzandi jangovar orden va medallarga sazovor bo`lgan'ning rasmi

Prezidentimiz o`z nutqida Ikkinchi jahon urushida jasorat va matonat namunasini ko`rsatgan yurtdoshlarimiz haqida alohida to`xtaldi, deb xabar bermoqda O`zA.

Urushda qatnashgan 120 mingdan ortiq O`zbekiston farzandi jangovar orden va medallarga sazovor bo`lgan. Ularning 280 nafari Sovet Ittifoqi Qahramoni unvoni bilan, 82 nafari esa uchala darajadagi “Slava” ordeni bilan mukofotlangan.

Urush yillarida O`zbekiston frontning mustahkam ta`minot bazasiga aylandi. Yurtimizdagi sanoat korxonalari harbiy sohaga moslashtirildi, barcha imkoniyatlar front uchun, g`alaba uchun safarbar etildi.

O`lkamizga evakuasiya qilingan yuzdan ziyod zavod va fabrikalarni ishga tushirishda ishchi va muhandislar bilan birga ayollar va keksalar, o`spirin bolalar mardlik va matonat bilan mehnat qildilar.

    Boshqa yangiliklar