AsosiyDunyo

Polshada suyuq shokolad ortilgan yuk mashinasi ag`darildi

'Polshada suyuq shokolad ortilgan yuk mashinasi ag`darildi'ning rasmi

Polshada 12 tonna suyuq shokolad ortilgan yuk mashinasi ag`darildi, deb xabar berdi Gazeta.ru nashri.

YTH Varshava va Poznan shaharlarini bog`lab turuvchi A2 trassasida ro`y bergan. Noma`lum sabablarga ko`ra, yuk mashinasi haydovchisi yo`l chetidagi to`siqqa urilgan, oqibatda avtomobil ag`darilib, 12 tonna shokolad yo`lga oqishi natijasida ikki yo`nalishdagi avtotransportlar harakati to`xtab qolgan.

Tan jarohati olgan kasalxonaga yotqizilgan. Ayni paytda ag`darilgan avtomobilni olib ketish choralari ko`rilmoqda. Yo`lga to`kilgan shokoladni tozalash ham ancha vaqtni oladi.

    Boshqa yangiliklar