Jizzax viloyatida sodir bo`lgan bo`lgan yo`l-transport hodisasi oqibatida to`rt kishi halok bo`ldi, deb xabar berdi O`zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi.
"8 may kuni Jizzax viloyatining Paxtakor tumanida haydovchi "Neksiya" rusumli avtomashinani M-39 "Toshkent-Termiz" yo`lining 953-km.da haydab ketayotib uxlab qolishi oqibatida yo`l chetida to`xtab turgan "MAN" yuk avtomashinasining tirkamasiga urilib to`qnashuv sodir etgan", - deyilgan xabarda.
Natijada "Neksiya" avtomashinasi haydovchisi va uning bir yo`lovchisi voqea joyida hamda qolgan ikki yo`lovchi kasalxonaga keltirilganlarida vafot etgan.
Shuningdek, yana bir yo`lovchi kasalxonaga yotqizilgan.






