“5–9 sinf o`quvchilarining bilimlari sifatini nazorat qilishning reyting tizimi to`g`risidagi nizomga o`zgartirishlar Adliya vazirligida davlat ro`yxatidan o`tkazildi.
Endilikda, joriy nazorat – so`rovlar, nazorat ishlari yoki testlar tarzida, oraliq nazorat yozma nazorat ishi yoki testlar shaklida, bosqichli nazorat esa, og`zaki, yozma imtihon hamda test sinovlari shaklida amalga oshiriladi. Bu haqda Adliya vazirligining telegramdagi «Huquqiy axborot» kanali xabar qiladi.
Eski tartibga asosan, joriy nazorat – so`rovlar, kollokviumlar, seminarlar, kontrol ishlar, testlar tarzida, oraliq nazorat imtihonlar, testlar, sinovlar va malakaga doir ishlar shaklida, bosqichli nazorat imtihonlar, test sinovlari, sinovlar shaklida amalga oshirilgan.






