2018 yil 16 may kuni Prezident Donald Tramp Oq Uyga ilk bor tashrifi munosabati bilan O`zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoevni qabul qiladi.
Prezident Tramp va Prezident Mirziyoev umumiy manfaatli rejalarni davom ettirish va qator o`zaro masalalarni hal etish maqsadida Amerika Qo`shma Shtatlari va O`zbekiston o`rtasidagi ikki tomonlama strategik hamkorlikni qayta ko`rib chiqadi.
Shuningdek, ular O`zbekistonning muhim islohotlarni amalga oshirish, savdo va investisiyani kengaytirish, mintaqaviy xavfsizlikni ta`minlash, jumladan Afg`onistondagi vaziyatni hal etish bo`yicha erishgan yutuqlarini muhokama qiladi.






