AsosiyJamiyat

Interpol qidiruvida bo`lgan qozog`istonlik firibgar qo`lga tushdi

'Interpol qidiruvida bo`lgan qozog`istonlik firibgar qo`lga tushdi'ning rasmi

Qozog`iston Respublikasi fuqarosi Jomart Ertaev Interpol so`rovi bilan Moskvada qo`lga olindi.

Ma`lum bo`lishicha, Jomart Ertaev katta miqdordagi firibgarlik ishlari uchun shu vaqtgacha xalqaro qidiruvda bo`lgan. U "Bank RBK" aksiyadorlik jamiyati direktorlar kengashi raisi maslahatchisi sifatida 80 million dollarlik bank kreditlarini lobbilashtirib, qarz mablag`larini qaytarmaslik tadbirlarini amalga oshirgan.

Xabarda qayd etilishicha, hozirda Jomart Ertaevni Qozog`istonga ekstradisiya qilish masalasi hal qilinmoqda ekan.

    Boshqa yangiliklar