AsosiyJamiyat

Abdulla Oripov yashagan uyga memorial lavha o`rnatildi

'Abdulla Oripov yashagan uyga memorial lavha o`rnatildi'ning rasmi

Qashqadaryo viloyatida 9 may Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan O`zbekiston Qahramoni, xalq shoiri O`zbekiston Respublikasi madhiyasi muallifi Abdulla Oripov xotirasiga bag`ishlangan adabiy-badiiy tadbirlar o`tkazildi.

Kecha, erta tongda viloyat markazi Qarshi shahri “Neftchi” MFY El ko`chasi 3-uyda memorial lavha o`rnatildi. Bu haqda Qashqadaryo viloyati yoshlar ittifoqi jurnalisti Axror Sodiqov Facebook’dagi sahifasida xabar bergan.

Bu memorial lavhada O`zbekiston Qahramoni, xalq shoiri O`zbekiston Respublikasi madhiyasi muallifi Abdulla Oripov 1992-2016 yillarda yashab ijod etgan deb yozilgan.

Abdulla Oripov mustaqil Vatanimiz – O`zbekiston Respublikasi Davlat madhiyasining muallifi sifatida el-yurtimiz qalbidan chuqur joy egalladi.

    Boshqa yangiliklar